#Mustaqilligimizning_35_yilligi #Maʻnaviy_maʻrifat_soati
Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi ????
Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazida “Qatag‘on qurbonlari – Vatan fidoyilari” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Tadbirda yurtimiz ozodligi va milliy mustaqilligimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning yorug‘ xotirasi e’zozlanib, ularning jasorati yosh avlodga namuna sifatida tushuntirildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiorini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar, xalqimizning birligi va hamjihatligi tinchligimizning kafolati ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘z tarixini bilgan, xotirasini e’zozlagan xalqning kelajagi buyuk bo‘ladi! ✨
???? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:|telegram (https://t.me/Oltinsoy_AKM_online_kutubxona) |facebook (https://www.facebook.com/o