#davra_suhbati
1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.
Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. U oliy saodat - Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, oʻzini mana shu jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, eʼzozlashi kerak. Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari o`rtasida "Davlat gerbi -Vatan timsoli" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.