1-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi

1-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi Oltinsoy tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari T. Chorshanbiyev, ustoz va murabbiylar, ota-onalar, bitiruvchi o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirning tantanali qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘quvchilarning erishgan yutuqlari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, uzoq yillar ta’lim tizimida samarali mehnat qilib, bugun pensiyaga kuzatilayotgan faxriy ustozlar tantanali ravishda taqdirlandi va ularga ezgu tilaklar bildirildi.

1-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi

Reaksiyangiz nima?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow