#Davlat_xizmatchilari_orasida_kitobxonlik_madaniyati
Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib etish hamda mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Oltinsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limida navbatdagi qiziqarli ko'cha va sayyor kutubxona xizmati tashkil etildi.
Tadbir davomida FVB shaxsiy tarkibi va xodimlariga turli janrdagi badiiy, huquqiy hamda qiziqarli adabiyotlar taqdim etilib, ochiq havoda samimiy muloqot o'tkazildi. Kasbiy faoliyatining mas'uliyatli va sharafli vazifalarini bajarib kelayotgan xodimlar qisqa tanaffus vaqtida kitob mutolaasi bilan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan asarlar yuzasidan fikr almashdilar.
Ushbu ma'rifiy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, kitobga bo'lgan mehrni oshirish va bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazishda muhim qadam bo'ldi. ????
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:|telegram (https://t.me/Oltinsoy_AKM_online_kutubxona) |facebook (https://www.facebook.com/oltinsoytuman.axborotkutubxonamarkazi/) |youtube (https://www.you