YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 29-31-iyul kunlari Yosh kutubxonachilar forumi tashkil etilmoqda. Forum kutubxona sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: seminar-treninglar; soha ekspertlari bilan uchrashuvlar; madaniy-ma’rifiy tadbirlar; sport va intellektual o‘yinlar. “Innovatsion loyihalar” tanlovi Forum doirasida kutubxona sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oya va loyihalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish hamda amaliyotga joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida “Innovatsion loyihalar” tanlovi o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish: Forumda ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish asosida amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. yoshlar.mik

YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI

Reaksiyangiz nima?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow