HAR PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN MA’NAVIY MULOQOT KUNI
Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, navqiron yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari yoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni haqida hayotiy misollar va teran fikrlarni bildirdilar.
Bizning bosh maqsadimiz
Aholi yoshlarining bo‘sh vaqtini ma’naviy boyitish, ularda mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va kutubxonamiz foydalanuvchilari safini kengaytirishdir.
Eslatib o‘tamiz: Har haftaning payshanba kuni AKM xodimlari mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ma’rifat ulashishda davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:|telegram (https://t.me/Oltinsoy_AKM_online_kutubxona) |facebook (https://www.facebook.com/oltinsoytuman.axborotkutubxonamarkazi/) |youtube (https://www.youtube.com/@oltinsoytumanaxborot-