#Siyosiy_marifat_soati
Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi. Tadbirda “Yoz o‘tmoqda yoz” mavzusi doirasida vaqtdan unumli foydalanish, axborot makonidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda xodimlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida yozgi davrda aholiga kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishda kutubxonachilarning tashabbuskorligi va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
???? Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:|telegram (https://t.me/Oltinsoy_AKM_online_kutubxona) |facebook (https://www.facebook.com/oltinsoytuman.axborotkutubxonamarkazi/) |youtube (https://www.youtube.com/@oltinsoytumanaxborot-kutub9749) |instagram (https://www.instagram.com/oltinsoy_akm/) |