#Koʻchma_kutubxona_xizmati

​Joriy yilning 29-iyul kuni Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari "Ipoq" mahalla fuqarolar yig'ini binosida bo'lib, mahalla xodimlari va faollari uchun maxsus sayyor ko'chma kutubxona xizmatini yo'lga qo'ydilar. ​Tadbir davomida mahalla idorasida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar va tashrif buyuruvchilarga turli qiziqarli adabiyotlar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy kitoblar taqdim etildi. Ish jarayonidan bo'sh vaqt topib, kitob varaqlagan va yangi nashrlar bilan yaqindan tanishgan mahalla ahlining mutolaaga bo'lgan e'tibori quvonarli bo'ldi. ​Bunday ko'chma kutubxona xizmatlari olis hududlardagi muassasa va mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada jonlantirishga xizmat qilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:|telegram (https://t.me/Oltinsoy_AKM_online_kutubxona) |facebook (https://www.facebook.com/oltinsoytuman.axborotkutubxonamarkazi/) |youtube (https://www.youtube.com/@oltinsoytumanaxborot-kutub9749) |instagram (https://www.instagram.com/oltins

#Koʻchma_kutubxona_xizmati

Reaksiyangiz nima?

like

dislike

love

funny

angry

sad

wow